
Oqdaryoda tashabbusli budjet 2-mavsum g‘oliblari aniqlandi
Shu yilning 17-iyuldan 16-sentabr kuni soat 10:00 ga qadar o‘tkazilgan 2-mavsum tashabbusli budjet jarayonlarida Oqdaryo tumani bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 143 ta loyiha ilgari surilib, ularning 116 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi.
Jamg‘armada shakllangan 6 018 083 685 so‘m mablag‘lar doirasida ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, 5 ta loyiha (30 927 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib topilmoqda:
1. Oqdaryo tuman Sug‘onchi mahallasi Tepa Sug'onchi qishlog‘i ichki ko‘chalarini asfalt qilish.
(9181 ta ovoz)
2. Katta Sug‘onchi ichki yo‘larini asfalt qoplamasini yotqizish (7418 ta ovoz)
3. Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga talaba yoshlarini turar joy bilan ta'minlash maqsadida yotoqxona binosiga mebel jihozlari sotib olish (4896 ta ovoz)
4. Oqdaryo tuman 12-maktabni issiqlik tizimini tamirlash va quyosh panerni o‘rnatish (4852 ta ovoz)
5. Oqdaryo tuman 45-maktab eski binosi o‘rniga qo`shimcha o‘quv xonasi qurish.
Demak, joriy yil 2-mavsum tashabbusli budjet jarayoni yakunlariga ko‘ra, tumandagi 2 ta mahallada ichki yo‘llarga asfalt yotqizish ishlari, 2 ta umumiy o’rta ta’lim maktabini ta’mirlash hamda oliy o‘quv yurtlarini mebel jihozlari bilan ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati