Mas’ul xodimlar ogohlantirildi

Mas’ul xodimlar ogohlantirildi

Oqdaryo tuman hokimining 2021-yil 7-oktabrdagi “Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining qirq birinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi 53-7-92-Q/21-sonli qarorida “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi talablari buzilganligi haqida joriy yil 8-oktabr kuni “Hayot Samarqandiy Rasmiy kanali” telegram kanalida joylashtirilgan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Telegram kanalingizda ushbu xato va kamchiliklarni ko‘rsatganingiz bizlarni bu kabi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yanada sergak bo‘lishga chorladi. Ushbu kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga nisbatan so‘ngi marotaba qat’iy ogohlantirish berildi.

Kelgusida Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi sessiyalarini chaqirish to‘g‘risidagi tuman hokimining qarorlari “Mahalliy Davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasi talablari asosida chiqarilishini ma’lum qilamiz.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Разработан в: SAKTRM