Oqdaryolik talaba Xalqaro tanlovda g‘olib bo'ldi

Oqdaryolik talaba Xalqaro tanlovda g‘olib bo'ldi

Oqdaryo tumani Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi, hozirda Jizzax politexnika institutining "Energetika va radioelektronika" fakulteti talabasi Fazliddin Arzikulov Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021" Xalqaro loyihasida qatnashib, birinchi darajali diplom va "Eng yaxshi yosh olim – 2021” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldi.

Ushbu loyihada butun MDH davlatlari bo‘ylab ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan eng yaxshi yosh olimlar ishtirok etishdi.

Ko‘zda tutilgan asosiy maqsad esa yosh olimlarning eng yaxshi ahamiyatli va innovatsion loyihalarini aniqlash, ilmiy qiziqishlarini oshirish, ilm-fanni rivojlantirish uchun umumiy birlashtiruvchi platforma yaratishdir.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Разработан в: SAKTRM