Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 40 sessiyasi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 40 sessiyasi o‘tkazildi

 

Bugun, Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdagi qirqinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman deputatlari, tegishli idora va tashkilotlar mas’ullari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Sessiya ishini Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Najmiddin Sulaymonov boshqarib bordi.

    Sessiya ishida kun tartibiga kritilgan quyidagi:

1. Tashkiliy masala. Mamatkarimov Nodir Bahodirovichni Oqdaryo tumani hokimining o‘rinbosari - Investisiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tasdiqlash to’g’risida;

2. “Temir daftari”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, ayollar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ayrimlarini ro‘yxatdan chiqarish choralari to‘g‘risida tuman sektor rahbarlarining hisoboti;

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 24-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli Bayyonnomasining 7-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman prokurori D.Kubayevning hisoboti;

4 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2020-yil 3-fevraldagi PF–6155-son Farmonini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasining 125-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan Tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Аbdullaevning xisoboti haqida;

5. Hududda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi F.Malikovaning hisoboti to‘g‘risida;

6. Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari K.Po‘latovning “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi yuzasidan hisoboti haqida;

7. Tuman mahalliy byudjetining 2021-yil 2-chorak yakunlari bilan daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risidagi masalalar ko’rib chiqildi.

Sessiyada kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, masalalar yuzasidan tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM