11-oktabr - Xalqaro Qizlar kuni bag’ishlangan voleybol musobaqasi o’tkazildi

11-oktabr - Xalqaro Qizlar kuni bag’ishlangan voleybol musobaqasi o’tkazildi

Bu kun BMT Bosh assambleyasi tomonidan qizlarning huquqlarini himoya etish maqsadida 2011-yil dekabr oyida (66/170 rezolyusiya) bayram deb e’lon qilingan.

Shu sana munosabati bilan TDAU filialida, Oqdaryo tuman hokimligi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi hamkorligida mahallalarda istiqomat qilayotgan qizlardan tashkil topgan terma jamoasi, Toshkent davlat iqtisodiyot unversiteti Samarqand filalining jamoasi hamda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialining voleybolchi qizlari o’zaro bellashishdi.

Voleybol musobaqasini tashkil etishdan maqsad qizlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, qizlar sog’lig’ini mustahkamlash, turli yoshdagi ayollarimizning qatnashishi ularda mehnatga nisbatan muhabbat uyg’otish, uyushqoqlik, tushuna olish va boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilish fazilatlarini tarbiyalashdan iboratdir.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali voleybolchi qizlari 1-o’rinni, Oqdaryo tumani Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining terma jamoasi 2-o’rinni, Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialining voleybolchi qizlari 3-o’rinni egallashdi.

“Eng yaxshi voleybolchi” nominasiyasi bo’yicha g’oliblikni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filalining 2-bosqich talabasi Obloqulova Sultonposhsha qo’lga kiritdi.

Tadbir qizg’in va dustona kayfiyatda o’tdi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2021 © Оқдарё туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM