Oqdaryo tumanida kuzgi shudgorlash ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda

Oqdaryo tumanida kuzgi shudgorlash ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda

 

        Kuzgi shudgor muddatini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega.  Optimal muddatlarda haydalgan yer sug’orma dehqonchilik uchun muhim bo’lgan tuproqdagi nam zaxirasini  yaxshi saqlashga, yog’in sochindan unumli foydalanishga imkon beradi.

Kuzgi shudgorda tuproq yaxshi uvalanadi, kesak ko’chmaydi. Shudgorlash sifati, shudgor chuqurligi, tuproqning yaxshi uvoqlanganligi, shudgor sathining tekisligi katta ahamiyatga ega bo’lib hosildorlikning yuqori bo’lishi ta’minlaydi.

         Samarqand viloyat hokimligining joriy yil sentyabrdagi Viloyat tumanlarida 2022 yil hosili uchun qishloq xo’jaligi ekinlaridan bo’shagan maydonlarni kuzgi shudgorlash reja grafigiga asosan,Oqdaryo tumanida jami shudgorlanadigan yer maydoni 9400 gektar rejalashtirilgan bo’lib, mazkur muhim agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarish uchun jami 34 ta haydov traktorlari jalb etilgan bo’lib, shundan 13 tasi yuqori unumli va 21 tasi  oddiy haydov traktorlarini tashkil etadi.

         Shudgorlash reja grafigiga asosan tumanda bir kunda 303 gektar yer maydonlarini shudgorlsh rejalashtirilgan. Bu o’z navbatida bir dona haydov traktoriga bir kunda 8,9 gektar yer maydonini shudgorlash lozimligini anglatadi.

         Tumanda mazkur muhim bo’lgan agrotexnik tadbirni joriy yil 21 noyabr kuniga qadar yakunlash belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyat Oqdaryo tuman bo’limi tomonidan ushbu muhim agrotexnik tadbirni o’z muddatida va sifatli o’tkazilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatilgan.

         Shundan kelib chiqib tumandagi barcha fermer xo’jaliklari va mazkur agrotexnik jarayonni o’tkazilishiga aloqador bo’lgan korxona va tashkilotlar kelgusi yil mo’l hosil uchun shudgorlash ishlarini o’z muddatida va sifatli o’tkazilishiga mas’uliyat bilan yondoshish va befarq bo’lmasligimiz zarur.

 

   Bahodir Suyarov,

  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyat Oqdaryo tuman bo’limi inspektori

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM