To‘ylarni ixchamlashtirish har birimizni burchimizdir

To‘ylarni ixchamlashtirish har birimizni burchimizdir

 

Oila tinchligi, mustahkamligi, sog‘lomligi bu mahalla va yurtimiz tinchligi deb bejiz aytilmagan. Oila jamiyatning asosiy bug‘unidir. Shunday ekan, endi oila qurayotgan yoshlarimiz, ota-onalarimiz bir kunlik orzu-havasni deb ortiqcha sarf-xarajatlar qilib, joyi kelsa katta qarzlarga qilingan to‘ydan keyin bu xarajatlarni o‘rnini to‘ldirish uchun qanchadan-qancha oilalar iqtisodiy tomondan og’ir ahvolga tushib qolayapti. Ish faoliyatimizda guvohi bulayapmizki, bu qarzlarni uzish uchun kuyov yosh kelinni qoldirib Rossiyaga pul topishga ketib, to kelgunicha oila buzilib, ajrim holati bo‘lmoqda.

Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida davlatimiz bir qator qaror va farmonlar chiqarmoqda. Deyarli har kuni bu haqida ommaviy axborot vositalarida ko‘rsatuvlar, gazeta va jurnallarda maqolalar berib borilishiga qaramasdan hali ham aholimiz o‘rtasida dabdabali ortiqch isrofgarchik bilan o‘tkazilayotgan to‘ylar uchramoqda. Shular qatorida FHDYo organlarida ham bunday illatlardan voz kechib, ixchamlashgan kam sarfli to‘ylar o‘tkazish uchun aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Xususan, yosh nikohlanuvchilar nikohga kirish uchun ariza berganidan keyin nikohlanuvchilar uchun tashkil etilgan o‘quv kurslariga qatnashadi va bu oquv kurslarida to‘ylarni ixchamlashtirish haqida ham yoshlarimizga o‘qtirib o‘tiladi. Bundan tashqari ariza berganlaridan keyin to‘ylari endi bo‘ladigan kelin va kuyovning mahallasida to‘ylarini ixchamlashgan o‘rtiqcha sarf-xarajatsiz o‘tkazish choralarini ko‘rish haqida ushbu xonadon bilan suhbat o‘tkazish haqida xat beriladi. Oila mustahkam bo‘lishida oila quruvchilar uning muqaddasligi, bir-biriga muhabbat, o‘zaro ishonch va hurmat, hamjihatlikda, nafaqat yoshlar balki oilaning barcha a’zolari buni his qilishi mas’uliyat deb bilishi va shunga amal qilishi zarur.

 

Manzura Saydullayeva, Oqdaryo tumani FHDYo bo‘limi mudirasi                  

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM