Bugun Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Oqdaryo tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi.

Bugun Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov Oqdaryo tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi.

 

Jumladan, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tuman xokimligiga tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishib, axolini gaz, elektr va suv taʼminoti borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf eitsh yuzasidan tegishli korxona xodimlariga koʻrsatmalar berildi.

Oʻrganishlar davomida vazir oʻrinbosari tumanidagi dehqon bozoriga borib, arzonlashtirilgan savdo yarmarkasidagi narh-navolar bilan yaqindan tanishdi hamda narx-navo barqarorligini ta’minlash boʻyicha tuman sektor rahbarlariga alohida topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga tuman markaziy shifoxonasi hamda tumandagi 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga tashrif buyurib, muassasalarning isitish tizimi va yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrgandi.

Shuningdek, tumanning “Yangiobod” mahallasiga borib, aholining gaz balonlari bilan ta’minlanishi borasida aholiga xizmat koʻrsatish ahvolini oʻrgandi.

Shundan soʻng, “Yangiobod” mahallasida mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetkachisi, hokim yordamchisi va profilaktika inspektorlari bilan aholining muammolari yuzasidan suhbat oʻtkazib, mahallada yashovchi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar holidan xabar olindi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM