AYOLGA E‘TIBOR-JAMIYATGA E‘TIBORDIR!

AYOLGA E‘TIBOR-JAMIYATGA E‘TIBORDIR!

Bugun Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ravshan Bedilov ishtirokida Oqdaryo tumanida "Ayollar daftari"ning to‘rtinchi bosqichini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha seminar yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi I.Rahimov, "Ayollar daftari" bo‘yicha Oqdaryo tumaniga biriktirilgan Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha masʼul tashkilotchisi S.Xasanov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Ashurov va boshqa masʼul xodimlar hamda mahallalardagi hokim yordamchilari va mahalla faollari qatnashgan mazkur yig‘ilishda “Ayollar daftari”ning to‘rtinchi bosqichining ilk kunlarida amalga oshirilgan ishlar tahlili hamda yordamga muhtoj bo‘lgan ayollarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish masalalari muhokama etildi.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM