Oqdaryo tuman hokimligida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi

Oqdaryo tuman hokimligida Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi

Bayram tadbirida dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tadbir ishtirokchilarini, tinchlik va osoyishtalik posbonlarini samimiy qutladi.

Tadbir davomida sohadagi namunali xizmati uchun bir guruh harbiylar, Prokuratura organlari hodimlari hamda ta’lim muassasalardagi harbiy ta’lim bo‘yicha o‘qituvchilari tuman hokimligining faxriy yorlig‘i, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Bayram tadbirida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlarining chiqishlari, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki va bayramona kayfiyat ulashdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM