Ishchi guruh chorva fermer xo‘jaliklarida monitoring o‘tkazmoqda

Ishchi guruh chorva fermer xo‘jaliklarida monitoring o‘tkazmoqda

Viloyat hokimi E.Turdimov tomonidan Oqdaryo tumanidagi fermer xo‘jaliklarida ish o‘rinlarini yaratilishi, soliq qarzdorligi hamda loyihalarni bajarilishi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish borasida topshiriqlar berilgan edi. 
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov tomonidan tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshchiligida ishchi guruh tashkil etilib, ayni kunlarda ishchi guruh tumanda barcha toifadagi chorva fermer xo‘jaliklarida monitoring o‘tkazmoqda.
Monitoring davomida ishchi guruh a'zolari chorva fermer xo‘jaliklari shart-sharoitlarini o‘rganish, mollarni sanoqdan o‘tkazish, soliq tushumi va qarzdorlik masalalari, ish o‘rinlarini yaratish, yangi loyihalarni amalga oshirish ishlariga alohida e’tibor qaratib, o‘rganish olib borishmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM