NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIOBOD MAHALLASIDA O‘TKAZILDI

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIOBOD MAHALLASIDA O‘TKAZILDI
___
Bugun Yangiobod mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda Oqdaryo tumani hokimi Sh.Qudratov Xalq qabulxonasi mudiri A.Igamberdiyev bilan birgalikda mahalla fuqarolarining murojaatlarini qabul qildi. Tegishli idora-tashkilot rahbarlari va mahallada yashovchi fuqarolar ishtirok  etgan mazkur qabulda gaz ballon bilan ta’minlash, elektr ta’minoti, moddiy yordam, ta’lim shartnoma to‘lovida yordam ko‘rsatish singari masalalar yuzasidan  qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga  topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM