MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Bugun Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan “Oqdaryo ovozi” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi. Matbuot anjumanida mutaxassislar tomonidan inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilish borasida hududda amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil axborot berildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tashkilot xodimlari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, turli xil kasalliklarni oldini olish bo‘yicha bir muncha tadbirlar amalga oshirilayapti. 
Matbuot anjumanida jurnalistlarning bergan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM