31 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi

31 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi

 Oqdaryo tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi va NNT “Rahmdillik” jamiyati biznes trenerlari bilan hamkorlikda tumandagi Galaravot, Yangiqo‘rg‘on va Yangihayot mahallalaridan “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash maqsadida,  tumanda joylashgan 3-sektor  binosida xotin-qizlar uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilindi. 
Mazkur “KICHIK MEHR-SHAFQAT HAMSHIRASI” bo‘yicha o‘quv kursida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlardan 31 nafari kasbga o‘qitilib, bugun ularga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ishga joylashish yoki subsidiya olish imkonini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM