Hokim Paxtaobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida Paxtaobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarni sayyor tartibda qabul qildi. Qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Unda elektr energiyasi, yo‘l ta’miri, kredit olishdagi muammolar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. Shuningdek, ishga joylashish, moddiy yordam borasidagi murojaatlar ham tinglandi.
Har bir murojaatning ijrosini ta’minlash borasida tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.