«20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturi yuzasida salohiyatli tadbirkorlar bilan uchrashildi

«20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturi yuzasida salohiyatli tadbirkorlar bilan uchrashildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov tomonidan salohiyatli tadbirkorlar holati joyida o‘rganilib «20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis» dasturi doirasida yangi tizm va imkoniyatlar bo‘yicha tadbirkorlar bilan hamkorlik o‘rnatish masalalari kelishib olindi.
Jumladan, “Asr imkon Textile” MCHJda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgan Taraqqqiyot MFY hududida joylashgan “YOMATO” MChJning bir martalik plastik idishlar ishlab chiqarish loyihasi va "LAPROSCOPIC CENTER" MCHJ da esa tibbiy diagnostika va davolash markazi tashkil etish loyihasi o‘rganilib, tadbirkorlarga yangi tizimda moliyaviy rag‘batlar taqdim etilishi, kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlasa soliq imtiyoziga ega bo‘lishlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM