
Yangiqo‘rg‘on mahallasida Respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirokida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi
Bugun Respublika ishchi guruhi a’zosi Husniddin Norqulov Oqdaryo tumani “Yangiqo‘rg‘on” MFY hududidagi 2-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yuqori sinf o‘quvchilarning reproduktiv salomatligi, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, oilaviy-milliy qadriyatlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Respublika ishchi guruhi a’zolari H.Norqulov, T.O‘rinovlar va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i ishtirokida “Yangiqo‘rg‘on” MFYda “Milliy libos – ma’naviyatimiz ko‘zgusi” mavsusida oilaviy seminar tashkil etildi hamda
mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan habar olinib, ehtiyoji bo‘yicha nogironlik aravachasi va oziq-ovqat yordamlari ko‘rsatildi.