
Oqdaryo tuman hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Shodmonov Obod Otamurodovich Oqdaryo tuman hokimining tegishli qaroriga asosan Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O.Shodmonov 1993-yil Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. 2014-2018-yillarda Samarqand Veternariya va meditsina institutini tamomlagan.
Obod Shodmonov ushbu tayinlovga qadar, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Pastdarg‘om tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati