YANGIQO‘RGʻONDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA

YANGIQO‘RGʻONDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILMOQDA 

Ayni paytda Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasida joylashgan Madaniyat markazi binosida Oqdaryo tumani aholisi uchun Samarqand viloyati hamda Oqdaryo tuman sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazilmoqda. 
Qabul davomida fuqarolar murojaatlari mutasaddi rahbarlar, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari ishtirokida eshitilib, ijrosi tegishligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga biriktirilmoqda. 
Hurmatli fuqarolar, sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammolar, taklif va mulohazalaringizni  bildirishingiz mumkin.
Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi!

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2023 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM