KORONAVIRUS KASALLIGIGA QARSHI KURASHISH TARG‘IBOTI DAVOM ETMOQDA

KORONAVIRUS KASALLIGIGA QARSHI KURASHISH TARG‘IBOTI DAVOM ETMOQDA

Tumanimizda koronavirusga qarshi keng qamrovli profilaktika va chora-tadbirlar o'z vaqtida maqsadli amalga oshirilmoqda.
Xususan, tibbiy muassasalarda dastlabki tasdiqlangan fuqarolar va koronavirus infektsiyasida gumon qilingan shaxslar asosida epidemiologik tekshiruvlar o'tkazilmoqda. Birlamchi muloqotda bo‘lganlardan PZR tahlili uchun namunalar olinib, xonadonlarda dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda kasallikni erta aniqlashda tahlillarning o‘rni katta. Kun davomida PZR tahlili uchun namunalar olinib  laboratoriyada tekshirilmoqda.
Tuman SEO va JS bo‘limi xodimlari tomonidan O'zbekiston MFY Dahbed, Bolta, Oytamg‘ali qishloqlarida karantinga olingan fuqarolar nazorat qilindi va aholiga  emlash va uning ahamiyati tug‘risida davra suhbatlari tashkil etildi.
 Albatta, bundan ko‘zlangan maqsad kasallikning keng tarqalishining oldini olishdir.
Shuningdek, parazitalogiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududlardagi 50, 35, 7, 38, 39-sonli maktablarda gijja, bezgak va leyshmanioz kasalliklari to‘g‘risida tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilib kasallikning oldini olishda alohida e'tibor qaratish lozim bo‘lgan asosiy jihatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Oqdaryo tuman SEO va JS bo‘limi  axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Maked by: SAKTRM