Hokim qabuli bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda Xalq qabulxonasi binosida Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratovning tuman sektor rahbarlari ishtirokida navbatdagi qabuli o‘tkazilmoqda.
Qabul davomida fuqarolar murojaatlari eshitilib, tushuntirishlar berilmoqda. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar hamda taklif va tashabbuslari atroflicha o‘rganilib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati