Image_tadbir:
Bayramingiz muborak, aziz ayollar!
Ayni vaqtda «Bo‘ston ona» bazmgohida 8-mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirni Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tumanimiz xotin-qizlariga o‘zining bayram tabrigini yo‘lladi.
Bayram tadbiri kutilgandan ham zavqli, fayzli va shukuhli o‘tmoqda hamda xotin-qizlar quvonchiga quvonch qo‘shmoqda.
Tuman madaniyat bo'limi xodimlarining kuy-qo'shiqlari bayramga yaxshi kayfiyat ulashmoqda.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ayollar!