#hozir

PICHOQCHIDA ISH QIZG‘IN 

Ayni paytda Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov 1-sektor hududi "Pichoqchi" MFY mas’ullari va oqsaqollari bilan uchrashib, mahallaning Karki qishlog‘ida aholi tomorqalarida bahorgi ekin ekish jarayoni bilan yaqindan tanishmoqda. O‘rganish davomida tuman rahbari tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish, "Bir mahalla — bir mahsulot" tamoyili asosida sabzavot mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish borasida mahalla faollari va tomorqa egalariga muhim tavsiyalar bermoqda. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM