Mahallalarda obodonlashtirish ishlari boshlandi
Xabar berganimizdek, bugun Oqdaryo tumanining barcha mahallalarida keng ko‘lamli hashar, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ayni Paytda tumanning Pichoqchi, Bozorjoy va Yangiobod mahallalarida hashar ishlariga keng jamoatchilik jalb etilib, xonadonlar atrofi va yo‘l yoqalarini obodonlashtirish, maishiy chiqindilardan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati