#hozir

Qishloq xo‘jaligi masalalari muhokama etilmoqda

Haftaning chorshanba kuni Oqdaryo tuman hokimining qishloq xo‘jaligi masalalarini o‘rganish kuni etib belgilangan. Shu munosabat bilan ayni paytda tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida hamda qishloq xo‘jaligi soha rahbarlari ishtirokida qishloq xo‘jaligi kompleksi yo‘nalishlari ish samaradorligini oshirish, fermer xo‘jaliklarida 2024-yil hosili uchun chigit ekish ishlarining borishi, joriy yilda pilla yetishtirish uchun shartnomalar tuzilishi hamda meva-sabzavot ekinlari ekilishi holati kabi masalalar muhokama qilinmoqda.
Muhokama davomida ayni kunlardagi ob-havoning qulayligidan foydalanib, qishloq xo‘jaligida dala ishlarini yanada jadallashtirish borasida mas’ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berilmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM