Respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalar yettiligi faoliyati o‘rganildi
Bugun respublika ishchi guruhi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sherali Yo‘ldoshev bilan birgalikda Oqdaryo tumanida mahallalar yettiligi faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan xato va kamchiliklar kunning ikkinchi yarmida respublika ishchi guruhi a’zosi, tuman hokimi hamda tumandagi mahallalar yettiligi ishtirokida muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.
Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati