Viloyat 4-sektor rahbari ishtirokida o‘rim ishlari va fuqarolar murojatlari o‘rganildi

Viloyat 4-sektor rahbari ishtirokida o‘rim ishlari va fuqarolar murojatlari o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi N.Sulaymonov viloyat 4-sektor rahbari Samarqand viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i A.Inagamov bilan birgalikda tumanda olib borilayotgan g‘alla o‘rimi ishlari, g‘alladan bo‘shagan yerlarni takroriy ekinga tayyorlash va “Temir daftar”, “Yoshlar” hamda “Ayollar daftari”dagi ishsiz fuqarolarga yer berish ishlarini ko‘zdan kechirishdi. O‘rganishlar davomida rahbarlar MMTP rahbarlari, fermer xo‘jaligi rahbarlari va soha mutasaddilari bilan uchrashib, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasdan sifatli olib borish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni ikkinchi ekinga tayyorlash va ishsiz fuqarolarni yer bilan ta’minlash xususida tavsiya va topshiriqlar berishdi. Shuningdek, rahbarlar Temirak mahallasi Burganli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqarolarning qishloq yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha murojaatlari yuzasida fuqarolar bilan uchrashib, tushuntirishlar berishdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM