Qishloq yo‘llari ravonlashmoqda

Qishloq yo‘llari ravonlashmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olis qishloq va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator ishlar qilinmoqdaki, bu odamlarning hayotidan rozi bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Shu qatorda Oqdaryo tumanida ham keng ko‘lamdagi obodonchilik va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Ayni kunlarda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Temirak mahallasining Burganli qishlog‘ida 0,780 kilometr hamda Nayman qishlog‘ida 0,771 kilometr uzunlikdagi  ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llariga asfaltobeton qoplamasi yotqizish ishlari olib borildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM