Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Bugun Xalq qabulxonasi binosida Oqdaryo tuman hokimi N.Sulaymonovning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Bugungi qabulda Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Baxodir Negmatov, tuman prokurori D.Kubayev hamda Xalq qabulxonasi mudiri  A.Igamberdiyevlar ishtirok etishdi. Qabul davomida 40 dan ortiq fuqarolarning yo‘l, kredit, kommunal xizmat, bandlik, dehqonchilik qilish uchun yer ajratish kabi muammolari eshitilib, yechimi oson murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa o‘rganib hal etish uchun tegishli mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM