BIR NAFAR O‘QITUVCHIMIZ RESPUBLIKA TANLOVINING FINAL BOSQICHIDA QATNASHADI

BIR NAFAR O‘QITUVCHIMIZ RESPUBLIKA TANLOVINING FINAL BOSQICHIDA QATNASHADI

Bugun, 8-iyul kuni Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining qo‘shma qarori asosida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi  mukofoti Laureati Respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 
 Natijalarga ko‘ra Oqdaryo tumani 29 - maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Tolib Mardiyev 1-o‘rinni, 14- maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Gulshoda Xudoynazarova 2-o‘rinni, 45- IDUM ning fizika fani o‘qituvchisi Baxtiyor Nishonov 3-o‘rinni egalladi va viloyat boshqarmasining va viloyat kasaba uyushmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM