Qurbon hayitida ketma-ket uch kun dam olish bo‘ladi

Qurbon hayitida ketma-ket uch kun dam olish bo‘ladi

Prezident farmoniga (https://lex.uz/docs/5137156) asosan 20–22 iyul (seshanba–payshanba) kunlari – ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun dam olish kunlari hisoblanadi.

Bunda, haftada 5 kun ishlovchilar uchun 17 iyul (shanba) va 24 iyul (shanba) ish kunlari mos ravishda 21 iyul va 22 iyulga ko‘chiriladi.

Haftada 5 va 6 kun ishlovchilar uchun grafik quyidagicha bir xil:

17 iyul (shanba) – ish kuni
18 iyul (yakshanba) – dam olish kuni
19 iyul (dushanba) – ish kuni
20 iyul (seshanba) – dam olish kuni
21 iyul (chorshanba) – dam olish kuni
22 iyul (payshanba) –  dam olish kuni
23 iyul (juma) – ish kuni
24 iyul (shanba) – ish kuni
25 iyul (yakshanba) – dam olish kuni

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM