“ZUKKOLAR DAVRASIDA” ko’rik tanlovi davom etmoqda

“ZUKKOLAR DAVRASIDA” ko’rik tanlovi davom etmoqda

 

 Hozirgi zamon tarbiyachisi kasbiy mahoratini doimiy tarzda oshirib borishi, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘liq anglashi va ulardan mashg‘ulotlarda mohirona foydalanishi zarur. Shu munosabat bilan  bugun  Oqdaryo tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Ch.Ortiqova tashabbusi bilan 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim  tashkilotida  8-sonli maktabgacha ta’lim  tashkiloti va 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida  “ZUKKOLAR DAVRASIDA” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tarbiyalanuvchilarning ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni mashg‘ulotlarda erkin fikrlaydigan erkin ishtirokchiga aylantirish nihoyatda muhim vazifa sifatida tarbiyalanuvchilar ham faol ishtirok etib o‘z iste’dodlarini namoyon etishdi. Qiziqarli o‘tgan bellashuvda 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi g‘olib chiqdi. G‘olib tarbiyachilar va  tarbiyalanuvchilar  munosib  rag‘batlantirildi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM