SEMINAR

Germaniyalik mutaxassislar Oqdaryoda seminar o‘tkazishdi

Bugun Oqdaryo tumani “Ustoz” sihatgohida German Sparkassenstiftung tashkilotining Bonn shahridagi vakillari hamda German Sparkassenstiftung tashkilotining Toshkentdagi vakillari va O’zbekistondagi uzoq muddatli eksperti hamda vakili Matkias Wangler ishtirokida “O’zbekistonda yetarli moliyaviy xizmatlar ko’rsatishni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish” loyihasi asosida tashkil etilgan biznes-treninglarda qatnashayotgan yoshlar uchun ko‘rgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda hamkor tashkilot vakili Matkias Wangler hamda moderator-trenerlar yoshlarga qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida saboq berishdi. Suningdek, seminarda tumani hokimi Sherzod Qudratov ishtirok etib, yoshlarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlarida dalda beruvchi muhim tavsiyalar berdi.

“O’zbekistonda yetarli moliyaviy xizmatlar ko’rsatishni taklif etish orqali agrar sektorni mustahkamlash va qishloq hududlarini rivojlantirish” nomli loyiha O‘zbekiston Yosh Fermerlari Kengashi, Yoshlar Ishlari Agentligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, “Yoshlar-kelajagimiz” Jamg’armasi va asosiy hamkor tashkilot “German Sparkassenstiftung” tomonidan tashkil etilgan bo’lib, Agrobank, Mikrokreditbank va Xalq banklari va yangi sherik sifatida – Tadbirkor ayol assotsiatsiyasi bilan ham hamkorlik olib boriladi.

Loyihaning umumiy maqsadi qishloq xo‘jaligi sohasini mustahkamlash va tegishli moliyaviy xizmatlarni ko'rsatish orqali O'zbekiston qishloq hududlarini rivojlanishiga ko'maklashishdan iborat. Bu oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash bilan bir qatorda kam ta'minlangan qishloq aholisi va qishloq xo'jaligi korxonalari uchun barqaror daromad keltiradi.

Loyihaning asosiy jihatlari suki, tinglovchilar besh bosqichli ta’lim dasturini o’rganib o’z biznes rejasini mukammal tarzda tuzishni o’rganishadi va seminar so’ngida sertifikat olgan yoshlar o’z bizneslarini yo’lga qo’yish uchun kredit olish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

 

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM