Bolalar nafaqasi uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Bolalar nafaqasi uchun qayerga murojaat qilish kerak?

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam “Kam ta’minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, kam ta’minlangan oila bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida inson omilisiz amalga oshiriladi.
Nizomning 14-bandiga ko‘ra, ariza va zarur hujjatlar fuqaroning doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi. 
Ariza maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda ariza berilgan sana, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi.

Jalol Baxriddinov,
Oqdaryо tuman pensiya jamg‘armasi "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimi orqali Davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini ko‘rsatish  sho’basi mudiri

 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM