Muammolar joyida o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rilmoqda

Muammolar joyida o‘rganilib, hal etish choralari ko‘rilmoqda

Xabaringiz bor, kuchli qor yog‘ishi natijasida joylarda elektr ta’minotida uzilishlar, nosozliklar yuzaga kelishi kuzatildi. Rahbarlar, mas’ullar tomonidan yuzaga kelgan muammolar o‘rganilib tezkor hal etish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, bugun Oqdaryo tuman hokimi Sh.Qudratov Yangiobod mahallasida fuqarolar bilan uchrashib, elektr masalasidagi muammolarni o‘rgandi va yuzaga kelgan nosozliklarni tezkor bartaraf etib, elektr ta’minotini tiklash borasida mas’ullarga topshiriqlar berdi.
Ayni vaqtda hududlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlari davom etmoqda. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM