Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlik kuchaytiriladi

 Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan hamkorlik kuchaytiriladi

 Bugun Oqdaryo tuman hokimligida xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda "Ayollar daftari" bilan ishlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasidan respublika komissiyasi viloyat shtabi raisi Ravshan Bedilov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi raisi Suhrob Rafiqov hamda tuman hokimi Sherzod Qudratov qatnashdi. 

“Ayollar daftari”ning 4-bosqichini shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan vazifalar haqida so‘z yuritildi. Bu borada tumanda olib borilayotgan ishlar tadbir ishtirokchilariga tanishtirildi.

Asosiy e’tibor ayollar bandligini ta’minlash, tuman balansida bo‘lgan bolalar oromgohlari holati hamda davlat va nodavlat tashkilotlarda kasaba uyushmasiga a’zolik masalalariga qaratildi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM