#bugun

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari 78-sessiyasi o‘tkazildi

 

Bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari oltmish yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova boshqarib bordi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan “Tuman mahalliy byudjetining 2023-yil 1-yanvardagi holatiga shakllangan mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan tadbirlar va ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Oqdaryo tuman Moliya bo‘limi mudiri  U.Maхmanazarovning hisoboti eshitildi va deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etilib, tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.

 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM