#Keksalar_haftaligi

Gʻayratli keksalar shaxmatda kuch sinashdi

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab, xususan Oqdaryo tumanida ham “Keksalar haftaligi” o‘tkazilmoqda. Bugun tumanimizdagi Nuroniylar maskanida haftalik doirasida keksalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in kechgan bahslar natijasida Loyish mahallasidan Qodir bobo Ibrohimov 1-o‘rinni, Zarafshon mahallasidan Xayrullo bobo Sattorov 2-o‘rinni, O‘zbekiston mahallasidan Saydi bobo Tilavov 3-o‘rinni egalladi. Gʻolib va faol ishtirokchilarga “Nuroniy” jamg‘armasi Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan Markaziy harbiy okrugningSamarqand gornizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar nuroniylarimizga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, raqsga chorladi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM