Yangiqo‘rg‘onda harbiy - vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

Yangiqo‘rg‘onda harbiy - vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tumanining “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla”  tamoyili asosida obodonlashtirish tadbiri olib borilayotgan Yangiqo‘rg‘on mahallasida joylashgan Madaniyat markazida Markaziy harbiy okrug Samarqand gornizoni harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan o‘quvchi yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Armiya-vatanparvarlik va jasorat maktabi" shiori ostida harbiy - vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.  

Tadbirda tumandagi 36-37-40-42-umum ta’lim maktablarining "Vatan tayanchi" otryadi guruhlariga a’zo bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga "Vatan tayanchi" ko‘krak nishoni va guvohnomalari tantanali topshirildi. 

Festivalda harbiy orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari, faxriy qorovulning qo‘l jangi chiqishlari hamda qurol-aslahalar ko‘rgazmalari barchada katta taassurot qoldirdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM