#reyd_tadbir

Iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni amalga oshirdingizmi? 

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor rahbari - tuman hokimi Sh.Qudratov hamda “Samarqand suv ta'minoti” MCHJ Oqdaryo tuman filiali mas'ul xodimlari ishtirokida Mustaqillik mahallasining Islomobod ko‘chasida aholi tomonidan ichimlik suvi iste’molida kelib chiqqan debitor qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lovlarini amalga oshirish, suvdan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqdi.

Hurmatli iste’molchilar!
Ichimlik suvi uchun to‘lovlarni "Samarqand suv ta'minoti" MCHJ tuman filialiga tashrif buyurgan holda bank kassasiga yoki tumanimizda mavjud barcha to‘lov tizimlari (U-Pay, Click, Payme, Paynet va h.k ) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib ham amalga oshirishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz. 

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM