Yangiqo‘rg‘on mahallasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi

Yangiqo‘rg‘on mahallasida olib borilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi

Bugun Оqdaryo tuman hokimligida tuman hokimi Sh.Qudratov, tuman prokurori A.Vaxabov hamda tegishli mas’ullar ishtirokida “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” mezonlari asosida Yangiqo‘rg‘on mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari holati yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Unda obodonlashtirish ishlari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda ayrim tashkilotlar tomonidan sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi tanqidiy muhokama qilinib, qat’iy ogohlantirishlar berildi va mas’ullarga mahalladagi aholi xonadonlarini obodonlashtirish, “Yashil makon” loyihasi asosida daraxt ko‘chatlarini ekish hamda tomorqalarga to‘qsonbosti ekin ekish ishlarini jadallashtirish borasida topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM