1-Sektor rahbari sektor a’zolari bilan Go‘zalkent mahallasida o‘rganish olib bordi

1-Sektor rahbari sektor a’zolari bilan Go‘zalkent mahallasida o‘rganish olib bordi

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor rahbari – tuman hokimi Sherzod Qudratov sektor a’zolari bilan birgalikda Go‘zalkent mahallasining Qorateri va Uklon qishlog‘ida aholi xonadonlarini obodonlashtirish holati va mahalla faollarining faoliyati yuzasidan o‘rganish olib bordi. O‘rganish davomida ayrim xonadonlarda obodonlashtirish ishlari targ‘iboti o‘tkazilmaganligi tanqid qilinib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi. Shuningdek, Uklon qishlog‘ida joylashgan 36-maktab faoliyati o‘rganilib, tuman hokimi tomonidan yuqori sinf o‘quvchilari bilan ma’naviyat soati o‘tkazildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM