Oqdaryo dehqon bozori va arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi o‘rganildi

Oqdaryo dehqon bozori va arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi o‘rinbosarlari E.Ashurov, U.Islomov, tuman IIB boshlig‘i A.Valiyev va tegishli tashkilotlar mas’ulllari ishtirokida Oqdaryo dehqon bozori hamda bozor yonida joylashgan savdo do‘konlari atrofida, yo‘l yoqasida, bozor hududiga kirmaydigan joylardagi noqonuniy savdo faoliyatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari olib borildi. Shuningdek, bozorda Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, narx-navoni sun’iy ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik, sanitariya qoidalariga rioya qilish, aholiga qulayliklar yaratish yuzasidan ma’sullarga topshiriqlar va ko‘rsatmalar berildi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM