Oqdaryoda taniqli adib Orziqul Ergash va O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi

Oqdaryoda taniqli adib Orziqul Ergash va  O‘zbekiston xalq shoiri  Xurshid Davron tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha o‘tkazildi

 

Bugun tumanimizda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi hamda Oqdaryo tumani hokimligi hamkorligida taniqli adib Orziqul Ergash va O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali adabiy kecha tashkil etildi. Tadbirni tuman hokimi Sherzod Qudratov kirish so‘zi bilan ochib berib, otaxon adiblarni tabarruk yoshlari bilan samimiy muborakbod etdi.

Shoiru yozuvchilar, serqirra ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari, jurnalistlar jam bo‘lgan mazkur adabiy kechada “Zarafshon”gazetasining bosh muharriri, Senator Farmon Toshev va “Sharq yulduzi” va “Izvestiya” jurnalining bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqad  viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov, tuman “She’ryuraklar” ijodiy jamoasi rahbari Navro‘z Hasanovlar so‘zga chiqishib, adiblarning ijodi, jamiyatda tutgan o‘rni haqida hayotiy misollar bilan fikr-mulohazalar bildirishdi. Shuningdek, “Oqdaryo navolari” mumtoz,folklor etnografik ansanbli jamoasining chiqishlari ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdi.

Tadbir so‘ngida Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov ustoz adiblarga o‘z sovg‘alarini topshirdi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM