Hokim tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Hokim tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, tibbiyot muassasalaridagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi. 
O‘rganish davomida tuman rahbari mavjud muammolar va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati yuzasidan tibbiyot xodimlari hamda bo‘limlarda davolanayotgan bemorlar va bemorlarni ko‘rgani kelgan yaqinlari bilan samimiy muloqot olib bordi. Shuningdek, tibbiyot birlashmasi bo‘limlarida davolanayotgan bemorlar holidan xabar olib, ularni bayram bilan qutladi. Tashrif davomida bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari ulashilib, barchaga bayramona kayfiyat baxsh etildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM