Tuman Ichki ishlar bo‘limi uchun yangi bino qurilmoqda

Tuman Ichki ishlar bo‘limi uchun yangi bino qurilmoqda

Bugun Oqdaryo tumani Mustaqillik mahallasining Mehnat ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning yonidan ajratilgan yer maydonida tuman IIB uchun yangi bino qurilishi ishlari boshlandi. Mazkur bunyodkorlik ishlari oldidan viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov, tuman hokimi Sherzod Qudratov, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar va IIB xodimlari ishtirokida Qur’on tilovat qilinib, duolar qilindi. Shundan so‘ng mutasaddi rahbarlar ishtirokida yangi binoning poydevorini qurish ishlari boshlab berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM