#bugun

Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari
to‘qson to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Oqdaryo tuman hokimligida Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari to‘qson to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya ishini Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi raisi Sherzod Qudratov boshqarib bordi.

Sessiya kun tartibida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining 2024-yilgi mahalliy
budjetini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari eshitildi va deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etilib, tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.
Sessiya ishi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida quyidagi 
https://www.facebook.com/oqdaryo.uz/videos/918410113291671/?__  havola orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM