Rasmiy munosabat: Oqdaryodagi 1-MTT bo‘yicha berilgan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Rasmiy munosabat: Oqdaryodagi 1-MTT bo‘yicha berilgan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi 

Joriy yil 3-yanvar kuni “ZarNews.uz” telegram kanali va veb-saytida jurnalist Xurshida Ernazarovaning “Samarqandda bir necha bog‘cha yopildi. Nega?” sarlavhali tanqidiy  (https://t.me/zarnews_uz/82158)maqolasi e’lon qilindi. Mazkur maqolada Samarqand viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi Ozodbek Norqulov tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra Samarqand shahri, Toyloq va Jomboy tumanlaridagi ayrim bog‘chalar qatorida Oqdaryo tumani “Turon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish boshlangani sabab 2021-yil noyabrdan yopilganligi va hudud rahbarlari bir necha yildan buyon binosi yaroqsiz holatga kelgan, qurilish nazorat inspeksiyasi xulosasi bilan bugungi kunda faoliyat yuritmayotgan bog‘chalarning taqdiri bilan qiziqmaganligi aytib o‘tilgan.
Ushbu maqolada viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bosh mutaxassisi Ozodbek Norqulov Oqdaryo tumani bo‘yicha chuqur o‘rganmasdan noto‘g‘ri ma’lumotlar bergan deb hisoblaymiz. 
Birinchidan, «Turon» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish ishlarini boshlashga 2021-yil emas, 2022-yil noyabrdan ruxsat berilgan va 2023 yil 4-yanvardan bog‘cha vaqtincha yopilgan.
Ikkinchidan, mazkur bog‘cha Open budjet” loyihasi asosida 1,3 mlrd so‘m mablag‘ evaziga bir yil davomida yangidan qurilib, 2023-yil 11-dekabr kuni foydalanishga topshirilgan (https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati/46978) va bugungi kunda ham o‘z ish faoliyatini to‘liq davom ettirmoqda.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM