Tuman prokurori Po‘latdarxon mahallasida uchrashuv o‘tkazdi

Tuman prokurori Po‘latdarxon mahallasida uchrashuv o‘tkazdi

Bugun Oqdaryo tuman 2-sektor rahbari tuman prokurori Azizbek Vaxabov sektor hududidagi Po‘latdarxon mahallasida mahalla faollari va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida sektor rahbari fuqarolarning eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlarini qabul qilib, huquqiy tushuntirishlar berdi. Shuningdek, uchrashuvda soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan fuqarolarga soliq qarzlarini o‘z vaqtida to‘lash haqida tushuntirish va ogohlantirishlar berildi.
 

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM