Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

Maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida umumta’lim maktablari direktorlari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudirlari bilan ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlar, ko‘mir zaxiralari, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, “Kundalik.com” tizimida odillik bilan ishlash, ota-onalar yig‘ilishlarini munosib tashkil etish, “Maktab –mahalla – oila zanjiri”ni mustahkamlash kabi masalalar yuzasidan muhokama o‘tkazilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda Oqdaryo tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Gʻaniyev Gʻayratjon Gʻulomiddinovich jamoatchilikka tanishtirildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Oqdaryo tuman hokimligi. Сайт яратувчиси: SAKTRM